» » Abdulaziz Komilov: O‘zbеkiston o‘zining yaqin qo‘shnilariga nisbatan ochiq, samimiy va pragmatik siyosatni amalga oshirishning tarafdori (vidеo)

Abdulaziz Komilov: O‘zbеkiston o‘zining yaqin qo‘shnilariga nisbatan ochiq, samimiy va pragmatik siyosatni amalga oshirishning tarafdori (vidеo)


O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi, BMT rivojlanish dasturi vakolatxonasi va YeXHT loyihalari koordinatorining ofisi ishtirokida Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo — O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar qildi.

Forumda keng jamoatchilikni O‘zbekistonning chegaradosh davlatlar bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan zamonaviy mintaqaviy siyosati mohiyati va mazmuni, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashning muhim masalalari bo‘yicha mamlakat pozitsiya va yondashuvlari haqida xabardor qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis deputatlari, Markaziy Osiyo davlatlaridan ekspertlar va tahlilchilar, Toshkent shahridagi diplomatik korpus, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlardagi elchilari, Respublika vazirlik va idoralari, ilmiy-tahliliy markazlari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-08-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют