» » 2018-yildan zargarlik buyumlariga aksiz soligi bekor qilinadi

2018-yildan zargarlik buyumlariga aksiz soligi bekor qilinadi


Prezident 10-avgust kuni Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qollab-quvvatlash chora-tadbirlari togrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Hujjatga muvofiq, 2017-yil 1-oktabrdan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Davlat asllik darajasini belgilash palatasining royxatdan otkazish guvohnomasi bekor qilinmoqda.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni quyidagi sxema boyicha oladi:

– vakolatli tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan shakllar boyicha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hajmlarini korsatgan holda ishlab chiqaruvchining qimmatbaho metallarga bolgan ehtiyojini kozda tutadigan buyurtmalar yuboriladi;

– vakolatli tijorat banklari ishlab chiqaruvchilarning zargarlik buyumlariga bolgan ehtiyojidan kelib chiqib, Markaziy bankka zarur hajmlarda qimmatbaho metallarni ajratish togrisidagi buyurtmani yuboradi;

– Markaziy bank vakolatli tijorat banklari buyurtmalariga asosan plastina korinishidagi vazni 100 grammdan boshlanadigan qimmatbaho metallarni milliy valyutaga toliq oldindan tolov shartlarida London qimmatli metallar birjasining ertalabki fiksing narxidan kelib chiqib ajratadi (qimmatbaho metallarning sof ogirligiga qayta hisoblab);

– vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qayta sotish huquqisiz, 1 foizdan kop bolmagan miqdorda marja undirgan holda sotadi.

2020-yil 1-yanvargacha:

– tijorat banklari Prezidentning shu qaroriga muvofiq qimmatbaho metallarni sotish borasida QQS va davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalarni tolashdan ozod etildi;

– zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar zargarlik buyumlarini sotishda, jumladan, eksportga sotishda boshaydigan mablaglarni ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga, shuningdek, aylanma mablaglarini toldirishga maqsadli yonaltirgan holda aksiz soligi va QQS tolamaydi.

Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvardan:

– chakana savdo tarmogida sotiladigan zargarlik buyumlariga aksiz soligi;

– ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi bolgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan va Ozbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtiriladigan affinlangan qimmatbaho metallarni qayta ishlash jarayoni texnik-iqtisodiy asoslarini Tashqi savdo vazirligi bilan kelishish bekor qilindi.

2017-yil 1-oktabrgacha bolgan muddatda Markaziy bank respublika hududlarida belgilangan tartibda zargarlik buyumlarining asllik darajasini belgilash va tamgalashni amalga oshiradigan Davlat asllik darajasini belgilash palatasining filiallari tashkil etilishini taminlaydi.

Daryo yangiliklarini Facebookda kuzatib boring

: admin (12-08-2017, 08:27)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -