» » AQShda kelin-kuyov to‘yga taklifsiz kelib, mehmonlarning vaqtini chog‘ qilgan yigit va qizni qidirmoqda

AQShda kelin-kuyov to‘yga taklifsiz kelib, mehmonlarning vaqtini chog‘ qilgan yigit va qizni qidirmoqda


Nyu-jersilik kelin-kuyov Mayk va Karen Tufo to‘ylarida olingan fotosuratlarda raqs maydonida vaqtichog‘lik qilgan ikki kishini payqab qoldi, deb yozadi Forum Daily.

Ammo bu juftlikni na kelin, na kuyov tanigan. Mehmonlarni zaldagi stollar atrofiga joylashtirish bilan shaxsan o‘zi shug‘ullangan kelin ular ziyofatga chaqirilmagan mehmonlar ekanligini darhol tushundi.

Yigit va qiz tantana bilan band bo‘lgan kelin-kuyovdan uzoq yurgan, ammo raqs maydonida faol ko‘ngilxushlik qilgan va ziyofatdagi boshqa mehmonlar bilan muloqotda bo‘lgan.

Mehmonlar so‘zlariga ko‘ra, noma’lum juftlik tantanani “jonlantirgan”, ular raqs maydonida diqqat markazida bo‘lgan va mehmonlar bilan faol tarzda suratga tushgan.

To‘yning ertasi kuni kelin-kuyovga chaqirilmagan mehmonlarning surati va bir dollarlik kupyura ilova qilingan maktub keldi. Unda “Tabriklaymiz. To‘yingizga taklifsiz kelganimiz uchun kechiring. Omad tilaymiz”, — deb yozilgan edi.

Kelin-kuyovning bundan hech ham jahli chiqmadi, axir chaqirilmagan mehmonlar ularning to‘yiga qo‘shimcha quvonch hadya etib, tadbirni yanada unutilmas qilgan edi-da. Kelin-kuyov ular bilan tanishishni juda istadi va bu amalga oshdi ham.

Bu voqea haqida jurnalistlar yozganidan keyin chaqirilmagan mehmon Karli Volfson Facebook’da kelindan uzr so‘rashga qaror qildi. Uning aytishicha, yigiti Richi Barri bilan birinchi uchrashuvini shu tarzda o‘tkazishga qaror qilishgan.

Karen Tufo Volfson va Barrining munosabatlari rivojlanib ketsa, turmush o‘rtog‘i bilan ularning to‘yiga ham taklifsiz borishga va’da berdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют