» » Sakkiz soatlik ish kuni nega eskirdi?

Sakkiz soatlik ish kuni nega eskirdi?


Sakkiz soatlik ish kuni — mehnatni tashkil qilishning eskirgan va samarasiz usuli. Mahsuldorlik avjini saqlab qolish uchun bunday ish kunini yoddan chiqarib, yangicha yondashuvni topish lozim, deb yozadi InsiderPro nashri.

Sakkiz soatlik ish kuni haqida XIX asrning ikkinchi yarmi, sanoat inqilobidan so‘ng ilk marta bosh qotirishgan. Uning XX asrning boshida hamma joyda joriy qilinishi ishchilar stanoklarda o‘tkazadigan soatlar miqdorini cheklash va mehnat unumdorligini oshirish imkonini bergan. Biroq bu yondashuv zamonaviy turmush bilan hech qanday umumiylikka ega emas.

Bobo-buvilarimiz kabi biz ham kichikroq tanaffuslar bilan yoki ularsiz sakkiz soat ishlashga ko‘nikib qolganmiz. Ko‘pchilik xodimlar ish uchun hatto tushlikdan ham voz kechadi!

Menhatni tashkil qilishning bunday eskicha usuli nafaqat yordam bermaydi, balki xalaqit beradi.

Ish kuningizni tashkillashtirishning eng yaxshi yo‘li

Mehnat unumdorligini baholash dasturiy ta’minotini ishlab chiquvchi Latviyaning Draugiem Group IT-kompaniyasi yaqinda tadqiqot o‘tkazdi. Unda, jumladan, turli kompaniyalarning xodimlari turli topshiriqlarni bajarish uchun sarflagan vaqti o‘lchandi va ularning mahsuldorligi taqqoslandi.

G‘aroyib holat kashf qilindi: ish kuni davomiyligi hech qanday ahamiyatga ega emasligi aniqlandi; xodimlar o‘z kunini qanday o‘tkazishi mahsuldorlikni belgilovchi omil bo‘ldi. Ish jarayonida tanaffuslar tarafdorlari umuman dam olishsiz ishlaganlardan ko‘proq natija ko‘rsatdi.

Ish va dam olishning ideal nisbati quyidagicha bo‘ldi: har 52 daqiqalik ishdan so‘ng 17 daqiqalik hordiq. Bu kabi ish tartibiga amal qiluvchi xodimlar o‘z ishiga noyob darajadagi diqqat-e’tiborni namoyish etdi. Ular har 52 daqiqada 100 foiz o‘z vazifasi bilan shug‘ullandi. Ulardan hech biri bu vaqt davomida ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochtadagi xat-xabarlarni tekshirmadi. Charchoqni his qilganda esa (bir soatdan kamroq vaqtdan so‘ng) ishdan butunlay chetlashuvchi qisqa tanaffus qilishdi. Bu kuchni tiklash va navbatdagi ish soatiga kirishishga yordam berdi.

Har soatlik ishdan so‘ng miyaga 15 daqiqalik tanaffus zarur

Ish kunini tashkil etishga bunday yondashish ajoyib natija beradi, chunki inson miyasining fundamental talablariga javob beradi.

Charchoqni yengish va ishga diqqatni jamlashning eng yaxshi usuli — kun tartibini o‘zgartirish. Charchoqqa qarshi kurashish o‘rniga uni dam olish kerakligi haqidagi signal sifatida qabul qiling.

Tanaffuslar mehnat unumdorligini oshirishini bilgan holda ularni amalga oshirish ham oson. Biz ko‘pincha quvvat yetishmasligi va diqqat-e’tiborni bir joyga jamlay olmaslikka qaramasdan, ishlashga urinib, charchoqning g‘alaba qozonishiga imkon beramiz. Bundan tashqari, odatda “tanaffuslar”ni tanaffus deb ham bo‘lmaydi: elektron pochtani tekshirish yoki YouTube’ni ko‘zdan kechirish oddiy sayr kabi quvvatni tiklamaydi.

O‘z ish kuningiz uchun javob bering

Sakkiz soatlik ish kuni u strategik oraliqlarga ajratilganda samara beradi. Yuqori quvvatning tabiiy davrlari bizning maqsadli harakatlarimiz bilan mos tushsa, oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarish sezilarli darajada yengillashadi.

Quyida ideal ish maromini sozlashga yordam beruvchi to‘rtta usul keltirilgan.

Kunni soatlik intervallarga ajrating. Odatda kishilar kun, hafta yoki oy oxirigacha nima qilishi kerakligini yaxshi biladi. Biroq e’tiborni aynan hozir bajarishingiz kerak bo‘lgan ishga qaratsangiz, mehnat unumdorligi ancha oshadi. Soatlik rejalashtirish nafaqat to‘g‘ri ish rejimiga o‘tishga yordam beradi, balki topshiriqni kichikroq bo‘laklarga ajratib, uni yengillashtiradi. Olimlar xulosasiga amal qilib, kunni 52 daqiqalik oraliqlarga ajratish mumkin, biroq soatlik oraliqlar ham yaxshi ish beradi.

Belgilangan tartibga amal qiling. Intervalli yondashuv kuch-quvvatning avj nuqtasida kishi diqqatini vazifaga qaratish imkonini berishi tufayli samarali hisoblanadi. Shuning uchun qimmatbaho vaqtingizni chatlar, elektron pochtani tekshirish yoki ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun sarflamang.

Dam olish haqiqiy bo‘lishi lozim. To‘laqonli hordiq uchun tanaffuslarda telefon, kompyuter va topshiriqlar ro‘yxatini chetga olib qo‘yish kerak. Sayrlar, mutolaa va suhbat bizni eng yaxshi quvvatlantiradi. Ish tig‘iz kunda tanaffusda pochtani tekshirish yoki muhim qo‘ng‘iroqni amalga oshirish istagi paydo bo‘lishi mumkin, biroq zinhor bunday qilmang.

Organizmingiz dam olishni taklif qilishini kutmang. Ishda tanaffus qilishdan avval charchoqni kutsak, bunday yondashuv ma’nosini yo‘qotadi — yuqori mahsuldorlik soati o‘tib ketadi. Oldindan belgilab qo‘yilgan jadval siz maksimal quvvatga ega paytingizda ishlayotganingiz va samarasiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan oraliqlarda dam olayotganingizni kafolatlaydi. Charchoq va diqqat-e’tiborsizlikni yengib ishlashga urinishdan ko‘ra, qisqa tanaffuslar qilish samaraliroq ekanligini unutmang!

Natija

Kunni tabiiy ritmga mos tushuvchi faollik va hordiq davrlariga ajratish mehnat unumdorligini oshirish va oldingizga qo‘ygan vazifalarni tezroq bajarish imkonini beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют