» » Sergelidagi qurilish qilib bo‘lmaydigan yerda 10 ming tup olma ekildi

Sergelidagi qurilish qilib bo‘lmaydigan yerda 10 ming tup olma ekildi


Sergeli tumanida 2016-yili bo‘sh yotgan 3,2 gektar maydon obodonlashtirilib, bu yerda shahar sharoitida uchramaydigan intensiv olma bog‘i tashkil etilgan edi.

Hokimlik mutasaddilarining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, temiryo‘l yoqasidagi ushbu hududdan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari o‘tgan bo‘lib, bu yerda kapital qurilish ishlarini bajarish mumkin emas. Shu bois hudud ko‘pdan beri qarovsiz va bo‘sh yotgan.

Xabar berishlaricha, shahar sharoitida yaratilgan bog‘da “Saltanat”, “Jeromin”, “Golden”, “Pink Ledi” va “Gala” kabi navlardagi 10 ming tup pakana va yarim pakana olma ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, ular tomchilatib sug‘orish tizimi bilan sug‘oriladi.

“2017-yildan boshlab mazkur bog‘da yetishtirilgan olmalar Sergeli tumani hududidagi dehqon bozorlarining ‘Elga xizmat’ rastalalarida arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda”, — deydi hokimlik vakili.

Hokimlik mutasaddilarining fikricha, Toshkent shahridagi bo‘sh yotgan, yerosti kommunikatsiyalari, yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari o‘tgan, kapital qurilish mumkin bo‘lmagan, temir yo‘l yoqasidagi yerlarda shunday bog‘larni tashkil etish ekologik vaziyatni yaxshilashga hamda aholini sifatli va arzon meva mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 17:27)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют