» » Moskvada terakt uyushtirishni rejalashtirgan ikki xudkush ushlandi

Moskvada terakt uyushtirishni rejalashtirgan ikki xudkush ushlandi


Rossiya federal xavfsizlik xizmati Moskvada portlashlar tayyorlagan to‘rt nafar terrorchi ushlanganini bildirdi. Ular transportda va savdo nuqtalarida terakt uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda Meduza.

Ushlanganlardan biri Rossiya fuqarosi, uch nafari esa O‘rta Osiyo vakillaridir. Ma’lumotlarga qaraganda, terakt tayyorlashda ikki xudkush, portlovchi uskunalar yasovchi mutaxassis va IShID terrorchi guruhi emissari ishtirok etgan.

Moskva sudi uch nafar ayblanuvchining ishini ko‘rib chiqmoqda. Ularning ismlari — Davlatyor Hojiyev, Siyovush Davronzoda va Sulaymon Burxonov.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-08-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют