» » Suriya armiyasi birinchi marta desant operatsiyasi natijasida IShIDdan aholi yashash punktini tortib oldi

Suriya armiyasi birinchi marta desant operatsiyasi natijasida IShIDdan aholi yashash punktini tortib oldi


Suriya hukumat qo‘shinlari desant operatsiyasi yordamida bir aholi yashash punktini IShID jangarilaridan tortib oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Suriya armiyasi birinchi marta desant kuchlari yordamida bunday muvaffaqiyatga erishishi. Operatsiyani tayyorlash va muvofiqlashtirishda rossiyalik harbiy maslahatchilar ishtirok etdi.

Operatsiya 12-avgustga o‘tar kechasi o‘tkazildi. Uning natijasida Dayr az-Zavrdan 120 kilometr g‘arbroqdagi al-Kder shahri ozod etildi.

Operatsiyaga Suriyaning eng mashhur harbiy qo‘mondonlaridan biri — general Suxel Hasan boshchilik qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-08-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют