» » Shavkat Mirziyoyev odamlar orasida yashaydigan rahbarlarni jamoasiga qabul qilishini aytdi

Shavkat Mirziyoyev odamlar orasida yashaydigan rahbarlarni jamoasiga qabul qilishini aytdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11-avgust, juma kuni Olmaliq shahriga qilgan tashrifidan so‘ng shahar hokimi va yana uchta rahbar o‘z lavozimidan ozod etildi.

Tashrif doirasida Olmaliq tumani faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari Olmaliq prokurori ham, hokimi ham, Toshkent viloyati hokimi ham xalq bilan bir xil sharoitda yashashi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

“Men qaror qabul qildim — majlisbozlikni yo‘q qildik. Tumanning to‘rt rahbari — hokim, prokuror, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, soliq xizmati rahbari — shaharning markazida aholi bilan yashaydi. Davlat ularga uy beradi, ular o‘sha yerda yashaydi, o‘sha yerda nafas oladi. Svet bo‘lsa, svet bilan yashaydi. Svet bo‘lmasa svetsiz yashaydi. Yo‘l bo‘lmasa, yo‘lsiz yashaydi. Suv bo‘lmasa, suvsiz yashaydi. Nonning qimmatligini, go‘shtdagi noinsoflikni sezib, o‘sha hid bilan yashasa, men ularni jamoamga qabul qilaman. Bo‘lmasa, qabul qilmayman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi. Men shunday tizim qildim. Biz ancha kechikkanmiz. Odamlar bizdan norozi. Xalqimiz chidagani uchun sajda qilib, ta’zim qilib kechirim so‘rashimiz kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют