» » Ekologiya davlat qo‘mitasi Toshkent shahridagi daraxtlarni kesish uchun beriladigan ruxsatlar tartibiga o‘zgartirish kiritdi

Ekologiya davlat qo‘mitasi Toshkent shahridagi daraxtlarni kesish uchun beriladigan ruxsatlar tartibiga o‘zgartirish kiritdi


Foto: “Kommersant.uz”Endilikda daraxt va butalarni kesish xulosasi Bioxilma-xillik va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha nazoratni amalga oshiruvchi hududiy inspeksiya tomonidan beriladi, xulosalar ustidan esa Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus Ishchi guruhi nazoratni amalga oshiradi.

Ekologiya davlat qo‘mitasi rahbari raislik qiladigan Ishchi guruh tarkibidan bioinspeksiya va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimlari, shuningdek, qo‘mita OAV vakillari joy olgan.

Tuman hokimiyatlari yoki “Yagona oyna” markazi tomonidan daraxtlarni kesich bo‘yicha berilgan arizalar bir sutka davomida viloyat inspeksiyasiga yuboriladi. Ular joylardagi daraxtlarning holatini o‘rganib, xulosa tayyorlaydi, tadqiq qilingani bo‘yicha akt, sxema, fotomaterial tuzadi va besh ish kuni mobaynida barcha materiallarni tasdiqlatish uchun Ishchi guruhga taqdim etadi.

Xulosa Ishchi guruh tomonidan yaxshilab o‘rganib chiqilgach, tasdiqlanadi. Asosga ega bo‘lmagan xulosalar bekor qilinishi yoki qo‘shimcha ravishda boshqatdan o‘rganib chiqishi uchun hududiy inspeksiyasiga yuboriladi.

Tasdiqlangan xulosalar bir sutka davomida Toshkent shahar Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasiga yuboriladi. Shundan so‘ng daraxtlarni kesish bo‘yicha xulosalar tuman hokimiyatlariga jo‘natiladi.

Shu bilan birga hududiy inspeksiyalari daraxtlarni kesishga ruxsat berilgani haqidagi  shuningdek, tabiiy zarar keltiruvchi hamda kasalliklar sabab qurib qolgan daraxt va butalarni kesish, ularning aniq manzili, qancha muddat ichida kesilishi hamda ularning soni ko‘rsatilgan reyestrni tuzadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют