» » Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi ko‘prik qurilishidan “Daryo” fotoreportaji

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi ko‘prik qurilishidan “Daryo” fotoreportaji


Toshkent Shimoliy vokzali atrofidagi hududlar ayni vaqtda qurilish ishlarining markaziga aylangan. Bugungi kunda Kichik halqa yo‘li ustidan o‘tgan yo‘l o‘tkazgichning bir necha yil avval demontaj qilingan qismini qayta tiklash ishlari davom etmoqda.

Yangi ko‘prik Toshkent markazini shaharning sharqiy qismidagi tumanlar bilan bog‘laydi, mazkur hududlarga qisqa muddatga yetib olish imkonini yaratib, tirbandliklar muammosining qisman hal etilishiga yordam beradi.

Ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan avvaldan mavjud qismi rekonstruksiya qilinmoqda. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi esa yangidan qurilmoqda — u turar joy dahasini aylanib o‘tadi.

Mavzuga doir: Farg‘ona yo‘lini Nukus ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik Mustaqillik bayramigacha bitadi

Qurilish ishlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan olib borilmoqda. Kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari Davron Dehqonov ko‘prik qurilishi Mustaqillik bayramiga qadar bitirilishini aytgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 68) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют