» » Emomali Rahmon Tojikiston Milliy kutubxonasi direktorini o‘g‘lining dabdabali to‘yi uchun ishdan bo‘shatdi

Emomali Rahmon Tojikiston Milliy kutubxonasi direktorini o‘g‘lining dabdabali to‘yi uchun ishdan bo‘shatdi


Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 15-avgust kuni Milliy kutubxona direktori Sayfiddin Nazarzodani o‘g‘lining dabdabali to‘yi uchun ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “Asia-Plus”  xabar bermoqda.

Iyul oyida Tojikiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zoligiga saylangan Nazarzodaning lavozimidan ketishiga “An’analar, tantanalar va marosimlar” haqidagi qonun me’yorlarini buzgani sabab bo‘ldi. “Tojikiston” davlat telekanalining “Axbor” dasturiga ko‘ra, Milliy kutubxona direktori 30-iyul kuni o‘g‘li Firdavsni Dushanbedagi “Shoira Lyuks” restoranida uylantiradi. To‘yda 300 nafardan ortiq mehmon ishtirok etadi, qonunga binoan esa ularning soni 150 kishidan oshmasligi lozim.

Sayfiddin Nazarzoda telekanalda bu holat haqidagi reportaj efirga uzatilganidan so‘ng qonunni buzmaganligi, unga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlar esa dushmanlarining ishi ekanligini bildirdi. 60 yoshli mansabdor 2014-yil dekabrida Milliy kutubxona direktori etib tayinlagandi.

Emomali Rahmon 11-iyul kuni “An’analar, tantanalar va marosimlar” haqidagi qonunning 10 yillligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Adliya vazirligi va boshqa tegishli idoralarga qonun talablariga bo‘ysunmagan davlat xizmatchilari, huquq-tartibot va harbiy soha xodimlarini egallagan lavozimlaridan ozod qilish, diniy arboblar, tadbirkorlar va boshqa shaxslar uchun esa jarimalar miqdorini bir necha karra ko‘paytirish bo‘yicha takliflar berishni topshirgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют