» » Samarqandda “Nol” xarid qiymatida bepul berilishi belgilangan davlat mulki obyektlari bo‘yicha ochiq tanlov bo‘lib o‘tadi

Samarqandda “Nol” xarid qiymatida bepul berilishi belgilangan davlat mulki obyektlari bo‘yicha ochiq tanlov bo‘lib o‘tadi


Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nol” qiymatda tanlov savdolariga chiqarilgan davlatga tegishli bino-inshootlar bo‘yicha 2017-yil 5-sentabr kuni o‘tkaziladigan tanlov savdolariga taklif etadi.

“Nol” qiymatda beriladigan davlat mulki obyektlarining tanlov savdolarida tanlov shartlari doirasida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarning buyurtmanomalari Samarqand shahri, Mir Said Baraka ko‘chasi, 49-uy manzilida qabul qilinadi. Buyurtmanomalarni qabul qilish 2017-yilning 31-avgust soat 18:00 ga qadar davom etadi.

Tanlov savdolari natijalari bo‘yicha g‘oliblik bayonnomasi imzolangan sanadan boshlab 20 kundan kechikmay oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Investitsiya kiritish mobaynida yaratilgan ish o‘rinlari, faoliyat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng keyingi 1 (bir) yil davomida saqlanadi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan talabgor shartnoma imzolangandan keyin 30 kun muddat ichida tanlov obyektini mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholatadi, bunda baholashga ketadigan sarf-harajatlar tanlov g‘olibi tomonidan qoplanadi.

Murojaat uchun telefonlar: 0366-233-19-45; 0366-210-10-21; 0366-233-73-54.

Tanlovga quyidagi binolar quyilgan:

1. Samarqand shahar, Rudakiy ko‘chasi 22-uyda joylashgan 70-sonli MTMning bo‘sh turgan bino va inshootlari

2. Samarqand shahar, Narpay ko‘chasida joylashgan sobiq musiqa va san’at maktabi bo‘sh turgan bino va inshootlari

3. Samarqand shahri, Ziyokorlar ko‘chasi, 1-uyda joylashgan sobiq sportzal bino va inshootlari

4. Samarqand shahri, Xo‘ja Ahror Valiy ko‘chasidagi bo‘sh turgan to‘rt qavatli sobiq narkologiya dispanseri binosi

5. Kattaqo‘rg‘on shahri O.Miriy ko‘chasi, 129-uyda joylashgan “Qon quyish bo‘limi” bo‘sh turgan bino va inshootlari

6. Kattaqo‘rg‘on shahri A.Navoiy ko‘chasi, 177-uyda joylashgan sobiq “Sil kasalliklari dispanseri” bo‘sh turgan bino va inshootlari

7. Kattaqo‘rg‘on shahri “A.Navoiy” ko‘chasi 156-uyda joylashgan, ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikaga qarashli bo‘sh turgan bino va inshootlari

8. Jomboy tuman, O‘rmon xo‘jaligi, “Galakapa” qishlog‘ida joylashgan sobiq “Qaldirg‘och” Bolalar oromgohi

9. Oqdaryo tumani, “Moyqovoq” MFYda joylashgan Sobiq klub binosi

10. Oqdaryo tumani, Amir Temur ko‘chasi, 36-uyda joylashgan Avtomobil va qishloq xo‘jalik mashinalari parki binosi

11. Pastdarg‘om tumani, “Sanchiqul” QFYda joylashgan sobiq 88534-sonli harbiy qismga tegishli bo‘lgan bo‘sh turgan bino va inshootlar

12. Tayloq tuman, “Adas” MFY, S“ariosiyo” qishlog‘ida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabining eski binosi

13. Tayloq tumani, “G‘o‘lba” QFYda joylashgan “Sobiq sil kasalliklari shifoxonasi” binosi 1,2,3-qismlari

14. Qo‘shrabot tuman, “Robot” qishlog‘ida joylashgan “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” bo‘sh turgan binosi

15. Qo‘shrabot tuman, “Robot” qishlog‘ida joylashgan foydalanilmasdan bo‘sh turgan “Ma’muriy bino”

16. Qo‘shrabot tuman, “Saksonchel” qishlog‘ida joylashgan “Saksonchel” QFY ma’muriy binosi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют