» » Fotogalereya: Kambag‘al davlatlardagi eng xaridorgir avtomobillar

Fotogalereya: Kambag‘al davlatlardagi eng xaridorgir avtomobillar


AdMe dunyoda iqtisodiyoti juda zaif bo‘lgan mamlakatlarda qaysi turdagi avtomobillar ko‘proq sotilishi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Ushbu orol davlatning asosiy daromadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan. Sotiladigan barcha yangi mashinalar poytaxt Antananarivuga to‘g‘ri keladi. Reytingga Toyota Hilux va Land Cruiser boshchilik qilsa, ulardan keyin Hyundai va Mitsubishi turadi. Yildan yilga Renault Sandero’ning sotilishi yaxshi tomonga o‘zgarmoqda.

O‘tgan yilda Malavida 1743 ta yangi avtomobil ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning asosiy qismini — 814 tasini Toyota tashkil etadi. Shundan 360 tasi Hilux pikaplari. Ikkinchi o‘rinda “Kruzak” modeli bo‘lsa, uchlikka Ford Ranger modeli yakun yasaydi.

Ushbu mamlakatdagi avtomobillarning beshtadan uchtasi Toyota markasidagi mashinalarga to‘g‘ri keladi, ayniqsa bu yerdagilarga Corolla modeli ko‘proq ma’qul. U Hilux va Land Cruiser’dan ko‘proq sotiladi.

Zimbabvedagi yangi avtomobillar bozorining asosiy qismini General Motors konserni mashinalari tashkil etadi, biroq sotilishi bo‘yicha Isuzu KB pikapi mutloq yetakchi.

Eritreya taksichilari Kia Rio va eskirgan Hyundai Accent’dan foydalanishni ma’qul ko‘rishadi. Shunga qaramay mamlakatda yangi avtomobillar sotuviga Toyota Corolla yetakchilik qilib kelmoqda. Undan keyingi pog‘onada Hilux joylashgan.

Mamlakatda yangi avtomobillar juda kam paydo bo‘lib turadi — ularning asosiy qismi tinchlikparvar missiyalarga yoki diplomatlarga tegishli. Bu yerda yangi mashinalar ro‘yxatidan tez-tez Toyota Land Cruiser Prado va Hilux o‘rin egallab turadi. Shuningdek, Isuzu D-Max va Nissan X-Trail’ga ham talab bor.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют