» » Damashq AQSh va Britaniyani terrorchilarga zaharlovchi moddalarni yetkazib berishda aybladi

Damashq AQSh va Britaniyani terrorchilarga zaharlovchi moddalarni yetkazib berishda aybladi


Suriya hukumat kuchlari isyonchi jangarilar tashlab chiqqan hududlardagi qurol-yarog‘ omborlaridan AQSh va Buyuk Britaniyadan keltirilgan zaharlovchi moddalarni topdi. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Faysal Miqdad ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Aleppo va Damashqdan sharqda joylashgan hududlardagi jangarilarning omborxonalaridan topilgan qurol-yarog‘ qo‘l granatalari va granatomyotlar uchun mo‘ljallangan o‘qlar bo‘lib, ular CS va CN zaharlovchi moddalari bilan to‘yintirilgan.

“Topilgan kimyoviy o‘q-dorilar… AQShdagi Federal Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan… Zaharlovchi vositalar esa Buyuk Britaniyadagi Cherming Defence UK va AQShdagi NonLethal Technologies shirkatlari tomonidan tayyorlangan”, — dedi Miqdad.

Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, “AQSh va Buyuk Britaniya, shuningdek, ularning mintaqadagi ittifoqchilari, Kimyoviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya talablariga zid ravishda, Suriya hududida faoliyat olib borayotgan terrorchilik tashkilotlariga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatmoqda”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-08-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют