» » Jorj Martin: Epopeya ustidagi ish shovqin-surondan asraydi

Jorj Martin: Epopeya ustidagi ish shovqin-surondan asraydi


“Muz va otash qo‘shig‘i” sagasi, unga asos bo‘lgan Vesteros olami, romanlar turkumi asosida olinayotgan “Taxtlar o‘yini” seriali ustida ishlash bu asarlar atrofidagi shovqin-surondan qutulishning bir yo‘lidir. Bu haqda epopeya Jorj Martin aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Turkumning birinchi roman — “Taxtlar o‘yini” — 1996-yili chop etilgan edi. Undan so‘ng “Qirollar jangi” (1998), “Qilichlar bo‘roni” (2000), “O‘laksaxo‘rlar izdahomi” (2005) va “Ajdarlar bilan raqs” (2011) chiqdi. Muallif jami yettita kitob yozishni rejalashtirgan edi. Oltinchi qismning chiqishi bir necha bor qoldirildi. Ayni paytda Martin u 2018-yili chop etilishiga umid bildirmoqda.

“Mashhur bo‘lgandan so‘ng yashash ham qiyinlashdi, endi men bilan besh yordamchi ishlaydi, lekin ish hali ham ko‘p. Shovqinga qarshi kurashning asosiy yo‘li ish — ijod qilish va yozish bo‘lib qoldi. Vesteros olamiga kirib ketganimda qahramonlarimning taqdirini o‘ylay boshlayman — bu shovqin va mashhurlikka qarshi kurashishning eng yaxshi yo‘lidir”, — ta’kidladi u.

Martin bolaligidanoq kutimagan voqealarga boy kitoblar o‘qishga qiziqqanini qo‘shimcha qilib o‘tdi:

“Qo‘rqitadigan va rom etadigan kitoblar o‘qishni xohlar edim. Qahramon tahdidli holatga tushsa, o‘quvchi qo‘rqishi lozim. Shuning uchun ham (Eddard) Stark (saga qahramonlaridan biri) roman boshida o‘ldi, uning o‘limi Stark bolalari birinchi planga chiqishi uchun rejalashtirilgan edi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-08-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют