» » Rossiyada ayiq uni quyultirilgan sut bilan siylamoqchi bo‘lgan mast erkakning qo‘lini tishlab uzib oldi (video)

Rossiyada ayiq uni quyultirilgan sut bilan siylamoqchi bo‘lgan mast erkakning qo‘lini tishlab uzib oldi (video)


Rossiyaning Irkutsk viloyatida yo‘l yoqasidagi qahvaxonaning sarxush xo‘randasi ayiqlarga ovqat berish uchun devordan oshib tushdi. 42 yoshli erkak qafasga qo‘lini soldi, uni esa uchta yirtqichdan biri tutib oldi. Bu haqda mintaqaviy politsiyaning YouTube-kanaliga joylangan video izohida aytiladi.

Mahalliy fuqaro hayvonlarni quyultirilgan sut bilan siylamoqchi bo‘lgan.

Qahvaxona ishchisi unga yordamga shoshilgan. Barmen belkurakni olib, jabrlanuvchini ayiqning changalidan qutqargan, so‘ng tez yordam chaqirgan.

Erkak o‘ng qo‘l travmatik amputatsiyasi bilan operatsiya stoliga yotqizilgan.

Hodisa 15-avgust kuni Shelexovskiy tumanida yuz bergan. Ayni paytda tergovgacha tekshiruv olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют