» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligida Qozog‘iston mudofaa vaziri bilan mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat muhokama qilindi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligida Qozog‘iston mudofaa vaziri bilan mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat muhokama qilindi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligida 17-avgust kuni Qozog‘iston mudofaa vaziri Saken Jasuzoqov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Mamlakatimizda Qozog‘iston bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda hamda do‘stona munosabatlar yuksak qadrlanadi. Davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik butun Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deb yozadi O‘zA.

Xabar berishlaricha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida harbiy, harbiy-texnik va harbiy ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlikning bugungi holati xususida so‘z yuritilgan. Tomonlar mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat yuzasidan ham o‘zaro fikr almashdi.

Tadbirda ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik rejasi tasdiqlandi. Mazkur hujjatga muvofiq kelgusida mudofaa sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют