» » “Kataloniyadagi teraktlar jabrlanuvchilari va qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q” — TIV

“Kataloniyadagi teraktlar jabrlanuvchilari va qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q” — TIV


Ispaniyaning Kataloniya viloyatida 17-avgust kuni yuz bergan teraktlar oqibatida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda, O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasiga asoslanib, Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Elchixona Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, — deyiladi TIV axborotida.

17-avgust kuni Barselonaning Rambla sayyohlik ko‘chasida odamlar ustiga furgon bosib bordi. Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ziyod odam tan jarohati oldi. 18-avgustga o‘tar kechasi esa Kambrilsda piyodalar ustiga bosib borishga uringan vaqti besh nafar terrorchi yo‘q qilindi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, har ikkala hujum 12 kishidan iborat terrorchilik guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Ulardan besh nafari o‘ldirilgan, uch nafari qo‘lga olingan. To‘rt kishi, xususan, Barselonadagi furgon haydovchisi ayni vaqtda qidiruvda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют