» » Barselonadagi terakt natijasida 18 mamlakat fuqarolari jabrlandi

Barselonadagi terakt natijasida 18 mamlakat fuqarolari jabrlandi


Barselona markazida yuk mashinasi piyodalar ustiga bostirib borishi natijasida kamida 18 ta davlat fuqarolari jabrlandi, deb yozadi “TASS” mahalliy hukumatga tayanib.

Toshkent vaqti bilan 04:00 holatiga ko‘ra, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Argentina, Venesuela, Belgiya, Avstraliya, Vengriya, Peru, Shimoliy Irlandiya, Gretsiya, Kuba, Makedoniya, Xitoy, Italiya, Ruminiya va Jazoir fuqarolari jabrlangani haqida ma’lumotlar bor.

Barselonada 17-avgust kuni terakt yuz berdi: shaharning piyodalar yuradigan asosiy ko‘chasi — Ramblada yuk mashinasi katta tezlikda piyodalar ustiga bostirib bordi. 13 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют