» » Yevropa bo‘ylab sayohat qilayotgan avstraliyalik ayol uchta mamlakatda teraktga guvoh bo‘ldi

Yevropa bo‘ylab sayohat qilayotgan avstraliyalik ayol uchta mamlakatda teraktga guvoh bo‘ldi


Barselonada yuz bergan terakt arafasida shu shaharda bo‘lgan melburnlik sayyoh Juliya Monako joriy yilning 3-iyunida Londonda va 6-iyunida Parijdagi terakt yuz bergan joylarga ham yaqin bo‘lgan. Ayni vaqtda Monako Yevropa mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilmoqda. Bu haqda The Independent nashriga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Sayyohning so‘zlariga ko‘ra, Londonda 3-iyunda yuz bergan terakt vaqtida u metropolitenda bo‘lgan va xavfsizlik kuchlari uni yopib qo‘ygani sababli vaziyat iziga tushguncha o‘sha yerda kutishga majbur bo‘lgan. Parijda 6-iyunda bolg‘a bilan qurollangan erkak Notr Dam ibodatxonasi yaqinida politsiya xodimiga hujum qilgan vaqtda ayol ana shu ibodatxonani tomosha qilayotgan edi.

Juliya Barselonada terakt yuz berganda Rambla ko‘chasidagi do’konlardan birida bo‘lgan. “Biz furgonni ko‘rmadik. Biz faqat dahshatli narsaga guvoh bo‘lgan olomonni, politsiyani va odamlarni ko‘rdik”, — dedi sayyoh ayol.

“Biroq menda uyga ketish istagi yo‘q. Men shu yerda qolmoqchiman va kim bo‘lishidan qat’i nazar, ularga g’alaba qilishiga imkon bermayman”, — deb qo‘shimcha qilgan avstraliyalik sayyoh.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniyadagi teraktlar oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq odam jabrlandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют