» » “O‘zbekkino” tasarrufidagi kinoteatrlar ikki yilda 7 tadan 200 taga yetkaziladi

“O‘zbekkino” tasarrufidagi kinoteatrlar ikki yilda 7 tadan 200 taga yetkaziladi


Milliy matbuot markazida “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan “Mustaqillik yillarida milliy kinematografiya san’ati: kecha, bugun va ertaga” mavzusida matbuot anjumani о‘tkazildi. Matbuot anjumanida agentlik rahbariyati, kino rejissorlar, ssenaristlar, tizim tashkilotlari rahbarlari, OAV xodimlari qatori jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

Tadbirda “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori Otabek Musayev yig‘ilgan jurnalistlarning barcha savollariga ochiq-oydin javob berdi.

– Soliqlar o‘z holiga tushgandan so‘ng, 1 milliard so‘m pul ajratilgan rejissordan, ajratilgan pulning hech bo‘lmasa 70—80 foizini qaytarish talabi qo‘yiladimi?

– Talab qo‘yilishi uchun menda tizim bo‘lishi kerak. Men bitta Alisher Navoiy kino saroyiga asoslanib butun prokat tizimi bor deya olmayman. “O‘zbekkino” milliy agentligi tasarrufida yettita kinoteatr bor, xolos. O‘shandan bittasi Alisher Navoiy nomidagi kinoteatr bo‘ladigan bo‘lsa, bittasi “Kinochilar uyi”, qolganlari Samarqand  va Farg‘ona viloyatida joylashgan. Boshqa viloyatlarda “O‘zbekkino” milliy agentligi tasarrufidagi kinoteatrlar yo‘q, ya’ni prokat tizimi yo‘q. Hozirgi barcha masalalar birlamchi bo‘lib turibdi. Kinoni ishlab chiqargandan so‘ng uni joyida ko‘rsatish kerak, uni ko‘rsatish uchun kinoteatr, kinozal bo‘lishi kerak. Bo‘shagan kollej va litseylarning har birida faollar zali bor. O‘sha faollar zallarida Yoshlar ittifoqi bilan kinozal qilish masalasini ko‘targanmiz.

– Taxminan kinoprokat tizimi qachon amalga joriy qilinishi mumkin?

– Bizning mo‘ljalimiz bo‘yicha, 200 dan ortiq kinoteatrni tashkil qilish masalasi ko‘tarilgan. O‘ylaymanki, bir yarim, ikki yil ichida bo‘ladi.

– Demak 2019-yilning yoz oylarida Respublikamizda 200 dan ortiq kinoteatr bo‘ladi, shundaymi?

– Xudo xohlasa, bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют