» » “O‘zbekkino” rahbari: Davlat filmi uchun ajratilgan 1 mlrd so‘mning 47 foizi soliqlarga ketadi

“O‘zbekkino” rahbari: Davlat filmi uchun ajratilgan 1 mlrd so‘mning 47 foizi soliqlarga ketadi


“Milliy matbuot markazi”da “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan “Mustaqillik yillarida milliy kinematografiya san’ati: kecha, bugun va ertaga” mavzusida matbuot anjumani о‘tkazildi. Matbuot anjumanida agentlik rahbariyati, kino rejissorlar, ssenaristlar, tizim tashkilotlari rahbarlari, OAV xodimlari qatori jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

Tadbirda “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev yig‘ilgan jurnalistlarning barcha savollariga ochiq-oydion javob berdi.

– “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan suratga olinayotgan filmlar uchun ajratilgan mablag‘ning 49 foizi soliqlar tufayli ushlanib qolinishi rostmi?  Deylik rejissorga bir milliard so‘m pul beriladigan bo‘lsa, shuning deyarli teng yarmi ulardan qaytarilib olinar ekan. Bundan tashqari pulni ko‘chirish ishlari, ovoragarchiliklar tufayli juda kam pul rejissorga yetib borar ekan. Bu biz talab qilayotgan filmlarni suratga olishga yetarli mablag‘ emasku…,  yuqorida sanab o‘tilgan sabablar va ma’lumotlarim qanchalik asosli, shunga oydinlik kiritsangiz

– Juda ham 50 foiz emasku, ammo shunga yaqin.

– Aynan qancha, shunga aniqroq yondoshsangiz?

– 47 foiz ushlanib qolinadi.

– Unda nega rejissorlarga 1 milliard so‘m ajratiladi deyiladi? Aniq mablag‘ini, aniq raqamlarni aytishning iloji yo‘qmi? Chunki biz rejissorlardan sizlar milliard so‘mlik mablag‘ni olib, pulga yarasha film ishlamayapsizlar degan savol bilan ularni qiynaymiz

– Nihoyatda muhim masalani ko‘tardingiz. Bu masalani biz ilgari ham ko‘targan edik. Yana qaytarib o‘taman, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi, hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar mas’uliyati cheklangan jamiyatining huquqiy maqomini o‘zgartirish masalasi qo‘yilgan, oktabr oyigacha bu masalani hal qilishimiz kerak. Bu yerda soliq to‘lash bazasini ham qayta ko‘rib chiqish masalasi qo‘yilgan. Bu mablag‘ bilan bog‘liq masala bo‘lgani uchun ancha sinchkovlikni talab qiladi, lekin sinchkovlik deganimiz bilan bu masalani cho‘zmoqchi emasmiz, bir yarim, ikki oy ichida bu masala hal qilinadi. Bu soliqni 47 foizdan 20 foizgacha tushirish masalasi belgilab qo‘yilgan va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oktabr oyida taklifingni kiritasan deya belgilab qo‘yilgan.

Men xususiy studiyalar tomonidan yoki davlat buyurtmasi asosida suratga olingan filmlar deya filmlarni ikkiga ajratilishiga qarshiman. Bugungi kunda xususiy studiyalar bilan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqarish, xususiy studiyalarda faoliyat olib borayotgan, intilishi bor ijodkorlarni qo‘llab quvvatlashni, birgalikda film suratga olishni rejalashtirganmiz. Misol uchun rejissor Jahongir Ahmedov o‘zining studiyasidan davlat buyurtmasi bilan ishga tushadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют