» » “Nodon sinmun”: Shimoliy Koreya yadro quroli boshqa davlatlar uchun tahdid tug‘dirmaydi

“Nodon sinmun”: Shimoliy Koreya yadro quroli boshqa davlatlar uchun tahdid tug‘dirmaydi


Shimoliy Koreya yadro quroli, AQSh bilan birgalikda Pxenyanga qarshi harbiy harakatlarga jalb etilmagan bo‘lsa, boshqa davlatlar uchun tahdid tug‘dirmaydi. Bu haqda KXDRning markaziy gazetasi “Nodon sinmun” ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Nashr Shimoliy Koreyaning yadro qurollarini rivojlantirishga qaratilgan harakatlari “AQShning yadro urushini boshlashga qaratilgan telbalarcha qadamlarini tiyish”ni maqsad qilganligini ta’kidladi.

Sharhda Vashingtonning KXDR tahdidi haqidagi bayonotlari bo‘rttirilgani va mamlakat “AQSh tomonida Pxenyanga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etmayotgan bo‘lsa, boshqa davlatlarga zarba bermasligi” bildirilgan.

Shuningdek, gazeta KXDRning barcha raketa va yadro ishlanmalari ochiq olib borilayotgani va bu Koreya yarim orolida urushni oldini olishga qaratilgan urinishlarning bir qismi ekanligiga urg‘u berdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют