» » Xayrulla Hamidov O‘zMTRKning “Sport” telekanaliga qaytdi

Xayrulla Hamidov O‘zMTRKning “Sport” telekanaliga qaytdi


Taniqli sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidov O‘zMTRKning “Sport” telekanaliga qaytdi. Uzoq tanaffusdan so‘ng, Hamidov 19-avgust kuni, shanba kuni telekanal orqali futbol uchrashuvini sharhlab bordi.

19-avgust, shanba kuni 21:00 dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilgan (o‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlangan) “Yuventus” va “Kalyari” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Xayrulla Hamidov hamkasbi Zohid Karimov bilan birga sharhladi.

Ma’lumot uchun, Xayrulla Hamidov 1999—2006-yillarda ham O‘zbekiston televideniyesi, xususan, “Sport” telekanalida faoliyat ko‘rsatgan, o‘zining sharhlari va futbolga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlari bilan tanilgan edi.

Xayrulla Hamidov o‘z vaqtida futbolga ixtisoslashgan “O‘zbekiston futboli”, “Futbol”, “Pressbol”, “Interfutbol”, “Chempion” gazetalari, “FIFA” jurnali va boshqa nashrlar bilan hamkorlik qilgan. So‘nggi vaqtlarda “Oriat-Dono” radiosining “Futbol plyus” dasturida qatnashib kelayotgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-08-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют