» » Hindistonda suv toshqini qurbonlari soni 350 kishidan oshdi

Hindistonda suv toshqini qurbonlari soni 350 kishidan oshdi


Hindiston sharqidagi Assam, Bixar va G‘arbiy Bengaliya shtatlarida 360 dan ortiq kishi suv toshqini qurbonlariga aylandi, deb yozadi “TASS”.

Ushbu hududda suv havzalari va daryolar so‘nggi hafta davomida to‘xtovsiz yog‘ayotgan kuchli musson jalalari tufayli to‘lib-toshib ketdi.

NDTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Bixar shtati eng mushkul holatda bo‘lib, u yerda ofat 153 kishini hayotdan olib ketdi. Qutqaruv operatsiyalarida yordam berish uchun Bixarga favqulodda holatlarda choralar ko‘rish milliy kuchlarining 28 ta bo‘linmasi, shuningdek, 1765 ta dala oshxonasi joylashtirildi, ular 350 mingga yaqin kishiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Og‘irligi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi holat Assam shtatida qayd etildi, u yerda 144 kishi halok bo‘ldi. G‘arbiy Bengaliyadagi toshqinlarda esa 52 kishi qurbon bo‘ldi. Ofatdan Uttar-Pradesh shtatining sharqiy qismi ham zarar ko‘rdi, u yerda qurbonlar soni 14 kishini tashkil etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют