» » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana salkam 28 so‘mga qimmatladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana salkam 28 so‘mga qimmatladi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 22-avgust sanasidan kuchga kiradigan yangi qiymatlarini e’lon qildi. Bu haqda “O‘zbekiston24” xabar bermoqda.

Yangi kursga ko‘ra, 1 dollarning qiymati 4182 so‘m 30 tiyinni tashkil qilmoqda. Dollar o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 27 so‘m 94 tiyinga qimmatladi.

O‘tgan haftada ham deyarli shunday summa qayd etilgandi.

1 yevro qiymati 31,66 so‘mga oshib, 4927 so‘m 15 tiyinga yetdi.

1 Rossiya rubli 70, 46 so‘m etib belgilandi, bu o‘tgan haftaga nisbatan 1, 44 so‘mga ko‘p. 1 funt sterling esa 19, 72 so‘mga pasayib, 5381 so‘m 37 tiyinni tashkil qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют