» » Ilon Mask odamning buyrug‘isiz o‘t ochishga qodir qurolni taqiqlashni talab qildi

Ilon Mask odamning buyrug‘isiz o‘t ochishga qodir qurolni taqiqlashni talab qildi


Sun’iy ong sohasi mutaxassislari avtonom ishlovchi qurolni taqiqlashni talab qilmoqda. Bu texnologiyaga qarshi e’tiroz bildirayotganlar orasida Tesla rahbari Ilon Mask ham bor, deb xabar beradi Meduza.

BMTga murojaat shaklida ochilgan petitsiya matni “Hayot kelajagi instituti” tashkilotining saytida joylashtirildi.

Murojaatni 116 kishi imzolagan bo‘lib, ularning bari sun’iy ong sohasi ekspertlari hamda bu masala bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar rahbarlaridir. Jumladan, Tesla, SpaceX va OpenAI asoschisi Ilon Mask, Google’ning sun’iy ong ishlab chiqish bo‘yicha laboratoriyasi rahbari Mustafo Sulaymon, NaviRobot kompaniyasi rahbari Igor Kuznetsov hamda Promobot asoschilari Aleksey Yujakov va Oleg Kivokursev petitsiyaga qo‘shildi.

Murojaat mualliflari avtonom tartibda ishlovchi qurol tahdidi yadroviy yoki kimyoviy quroldan kam emasligini uqtirmoqda. Ochiq xatda gap birinchi galda odamning buyrug‘isiz o‘t ochishi mumkin bo‘lgan texnologiya haqida ketmoqda. Aytilishicha, bunday qurol insoniyatga jiddiy tahdid soladi, uning ishlab chiqilishi etikaga zid keladi va shu bois xalqaro darajada taqiqlanishi lozim.

Bugungi kunda avtonom qurol allaqachon yaratilgan. Masalan, Janubiy Koreya tomonidan KXDR bilan chegarada o‘rnatilgan avtomatik turellar shu guruhga kiradi. Texnik jihatdan ular odamning aralashuvisiz o‘t ochishi mumkin, lekin hali dasturiy darajada odamning ishtiroki talab etiladi.

Bundan tashqari, turli harbiy kompaniyalar dronlar, avtomatik pushkalar, gusenitsali avtonom robotlar ustida ishlamoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют