» » Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi


Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yil kuz faslida Oliy Majlis Senatining Hamkorlik bo‘yicha komissiyasi va Rossiya Federatsiya kengashining birinchi majlisini Toshkent shahrida tashkil etish hamda ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston—Rossiya biznes-forumi va “Mintaqalar forumini” o‘tkazish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Ilyas Umaxanov Rossiya tomoni yirik mintaqalar va O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi kompaniyalar rahbarlarini mazkur forumlar ishida qatnashishga jalb qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solishiga ishonch bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют