» » O‘zbekistonning Ravon avtomobillari Tojikiston bozoriga kirib keldi

O‘zbekistonning Ravon avtomobillari Tojikiston bozoriga kirib keldi


Aprel oyida Dushanbeda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi, u yerda “O‘zavtosanoat” kompaniyasi ham 200 dan oshiq nomdagi mahsulotlarini taqdim etdi. Tojikistonliklarda Ravon brendi ostidagi avtomobil katta qiziqish uyg‘otdi. Natijada ko‘rgazma tugab, shartnomalar tuzilgach, Dushanbeda darhol Ravon avtosaloni ochildi, u yerda o‘zbek mashinalarini sotishni allaqachon boshlab yuborishgan. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bermoqda.

Avtosalonda R2, R4, Gentra, Nexia R3, Damas yengil avtomobillari, shuningdek, Labo mini yuk mashinalari sotilmoqda. Shu yerning o‘zida avtoservis va ehtiyot qismlari ombori ham joylashgan.

Avtosalon direktori Farruh Zamonov so‘zlariga ko‘ra, faoliyatiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, Ravon avtosaloni Tojikiston avtobozorida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan.

Uning aytishicha, yangi avtomobillarni olib kelish uchun bojxona bojlari stavkasining pasaytirilgani natijasida, xaridorning buyurtmasi bilan avtomobil Dushanbega 2 kundan 10 kungacha bo‘lgan muddatda yetkazib beriladi.

O‘tgan vaqt ichida Dushanbega 40 ta avtomobil yetkazilgan, shularning 30 tadan ko‘pi sotib bo‘lingan.

“Bizning xaridorlarimiz — nafaqat oddiy fuqarolar, balki davlat muassasalari va kompaniyalar hamdir. Mashinalarimiz narxlari 6700 dan 12 600 dollargacha bo‘lgan oraliqda”, — dedi Zamonov.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют