» » Hindiston milliy muzeyida saqlanayotgan “Devoni Bobur” nusxasi O‘zbekiston delegatsiyasiga topshirildi

Hindiston milliy muzeyida saqlanayotgan “Devoni Bobur” nusxasi O‘zbekiston delegatsiyasiga topshirildi


Hindistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Dehlidagi Milliy muzeyga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur muzey mamlakatning asosiy tarixiy-badiiy xazinasi hisoblanib, hozirgi kunda bu yerda 200 mingdan ortiq hind va xorij san’ati namunalari saqlanadi.

Mehmonlar Markaziy Osiyo buyumlariga bag‘ishlangan va mintaqaning Hindiston bilan bog‘lovchi ko‘p asrlik va samarali aloqalari haqida guvohlik beruvchi maxsus galereya bilan tanishtirildi.

Davlat rahbarining o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy boyliklari namunalarini vatanga qaytarish to‘g‘risidagi topshirig‘ini bajarish doirasida O‘zbekiston elchixonasi Hindiston tomoni bilan Milliy muzeyda saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Boburning 1528-yilda yozilgan “Devoni Bobur” qo‘lyozmasi va 1640-yilda chizilgan “Shahzoda Dori Shikohning to‘y marosimi” miniatyurasining nusxalarini O‘zbekiston tomoniga rasman topshirish masalasini kelishib oldi.

Ekspozitsiya bilan tanishib chiqilgach, Hindiston Milliy muzeyi bosh direktori Budha Rashmi Mani O‘zbekiston delegatsiyasiga yuqorida qayd etilgan qo‘lyozma va miniatyura nusxalarini rasman topshirdi. Ular O‘zbekiston Davlat tarix muzeyidan joy oladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют