» » Abdulaziz Komilov Dehlida Hindiston ilm-fan va madaniyat vakillari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Dehlida Hindiston ilm-fan va madaniyat vakillari bilan uchrashdi


2017-yilning 21-avgust kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston ilm-fan va madaniyat vakillari bilan uchrashdi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Suhbatda Javahrla’l Neru nomidagi universitet, Islom milliy universiteti, Unity Foundation Delhi ijtimoiy-madaniy tashkiloti, Hindiston Tashqi ishlar vazirligining Madaniy aloqalar bo‘yicha hind kengashi yetakchi olimlari, Bobur nomidagi xalqaro jamg‘arma faollari ishtirok etdi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar munosabatlar, O‘zbekiston va Hindiston fan va ta’lim muassasalari o‘rtasida bevosita aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash masalari yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, o‘zbek va hind xalqlari tarixi, adabiyoti, musiqasi, rassomchilik va arxitekturasi, ularning bir-birini boyitishi va to‘ldirishi buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hamda uning avlodlari nomi bilan chambarchas bog‘liq. Ularning o‘chmas merosi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ko‘p asrlik savdo, fan, madaniyat sohalaridagi samarali almashinuv an’anasini davom ettirish uchun kuchli salohiyat yaratadi.

Iliq va o‘zaro hurmat ruhida o‘tgan uchrashuvda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq takliflar aytib o‘tildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют