» » Eron rahbariyati Twitter va YouTube’ni blokdan chiqarishi mumkin

Eron rahbariyati Twitter va YouTube’ni blokdan chiqarishi mumkin


Eron rahbariyati mamlakatda ko‘p yillardan beri taqiqlangan Twitter mikrobloglar xizmatini blokdan chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Twitter rahbariyati ikki o‘rtadagi tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida biz bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanini ma’lum qildi”, — dedi Eron axborot texnologiyalari vaziri Muhammad Javod Ozariy Jahromiy.

Vazirning fikricha, Eron jamiyati uchun Twitter’ning hech bir xavfli jihati yo‘q. Eron nashrlarining qo‘shimcha qilishicha, YouTube videoxostingiga nisbatan taqiq ham bekor qilinishi ehtimoli yo‘q emas.

Ko‘p yillik taqiqqa qaramay, eronlik siyosiy arboblar Twitter’dan faol foydalanadi. Xususan, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, shuningdek, mamlakatning oliy diniy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiyning Twitter’da rasmiy sahifalari bor.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют