» » Qozog‘istonda ateistlarni haqorat qilganlarni jarimaga tortish taklif etildi

Qozog‘istonda ateistlarni haqorat qilganlarni jarimaga tortish taklif etildi


Qozog‘iston din ishlari va fuqarolik jamiyati vazirligi fuqarolarning ateistik qarashlarini haqorat qilganlar uchun jarima jazosini joriy etishni taklif etmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Tegishli me’yor belgilangan qonun loyihasi muhokama bosqichidan o‘tkazilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, diniy faoliyatga to‘sqinlik qilish, jismoniy shaxslar huquqlarining diniy qarashlari motivlari bo‘yicha buzilishi, diniy ishonchi yoki ateistik nuqtai nazarining haqorat qilinishi, diniy radikalizmga yo‘l qo‘yilishi, agar xatti-harakatlar jinoiy javobgarlikka tortiladigan tarkibga ega bo‘lmasa, jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 100, amaldorlardan eng kam oylik ish haqining 200, yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 300 barobari miqdorida jarima undirilishi bilan jazolanadi.

Qozog‘istonda eng kam oylik ish haqi 2269 tenge yoki 6,8 dollarga teng. Shunday qilib, jarima miqdori dollar hisobida 680–2000 orasida bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют