» » Qozog‘istonda to‘y kortejlari qaysi qoidabuzarliklar uchun jazoga tortiladi?

Qozog‘istonda to‘y kortejlari qaysi qoidabuzarliklar uchun jazoga tortiladi?


To‘ylarda qatnashayotgan haydovchilar ular ham yo‘l-harakati ishtirokchilari ekanligini ko‘pincha unutib qo‘yadi. G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti Mahalliy politsiya xizmati to‘y kortejlari ishtirokchilari yo‘l harakati qoidalari nuqtayi nazaridan hech qanday imtiyozga ega emasligini eslatib o‘tadi. Politsiya eng ko‘p tarqalgan qoidabuzarliklar va jarimalar haqida hikoya qiladi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda, deb yozadi “1news.uz”.

Tantanani nishonlash uchun signal chalish

Yo‘l harakati qoidalari 19-bo‘limi 12-bandida tovush signallarini qo‘llash mumkin bo‘lgan vaziyatlar aks ettirilgan. Unda to‘y haqida so‘z yuritilmagan. Qolaversa, tovush signallari boshqa haydovchilar e’tiborini to‘y kortejiga qaratib, boshqaruvdan chalg‘itadi. Bu esa YTHlarini keltirib chiqarishi mumkin.

YHQga ko‘ra, biror sababsiz tovush signali berish oylik hisob ko‘rsatkichining besh barobari miqdoridagi ma’muriy jazoga sabab bo‘ladi. Joriy yilning to‘rt oyi davomida 37 nafar haydovchi ana shunday ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Kortejni uzib qo‘ymaslik

Haydovchilar ushbu an’anaga rioya qilish uchun ko‘p holatlarda svetoforning qizil chirog‘ida ham harakatlanib, qo‘pol qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yadi. Bunday harakatlar nafaqat qoidabuzarlarning o‘zi, balki yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun ham xavf tug‘dirishi mumkin.

Qizil chiroqda harakatlanish oylik hisob ko‘rsatkichining o‘n barobari miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi (o‘tgan davr mobaynida yetti nafar haydovchi javobgarlikka tortilgan). Avariya vaziyatini keltirib chiqarish ham shu miqdordagi jarimaga sabab bo‘ladi (o‘tgan davr ichida uch nafar haydovchi jazolangan).

Mashina derazasidan bosh chiqarib, videoga olish

Texnik xavfsizlik tufayli ruxsat berilmaydi. Derazadan bosh chiqarib ketayotgan odam bilan har qanday hodisa yuz berishi mumkin. Bu nafaqat videooperatorlar, balki to‘y kortejining boshqa ishtirokchilariga ham taalluqli.

Derazadan bosh chiqarib ketayotgan odamlar bilan harakatlanish yo‘lovchi tashish qoidalarini qo‘pol buzish hisoblanadi. Mazkur holatlarda oylik hisob ko‘rsatkichining besh barobari miqdoridagi jarima qo‘llaniladi (o‘tgan davr ichida 42 nafar haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan).

To‘y raqamlarini ilish

Odatiy ro‘yxatdan o‘tgan belgilar ustidan yopishtirilgan “Kuyov” yoki “Kelin” so‘zlari ham qonunchilikka ko‘ra, raqamlarni qasddan yashirish toifasiga kiradi. Bunday raqamlar tezlik mobil datchiklari tomonidan qayd etilmaydi va to‘y korteji haydovchilari bundan foydalanishi mumkin. Bunday so‘zlarni mashinaning faqat old tomoniga yopishtirib, orqa tomonida original raqamlarni qoldirish ham qonunga xilof hisoblanadi.

Bunday to‘y belgilarini yopishtirish uchun oylik hisob ko‘rsatkichining o‘n barobari miqdoridagi jarima ko‘zda tutilgan (besh nafar haydovchi jazoga tortilgan).

Odatdan tashqari harakatlanish

To‘y kortejlarining qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish holatlari uchrab turadi. Bunday harakatlanish ro‘paradan to‘qnashish va boshqa qayg‘uli holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bunday qoidabuzarlik uchun bir yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etish belgilangan (o‘tgan davr mobaynida besh nafar haydovchi jazolangan).

Mast holatda avtomobil boshqarish

Buning uchun eng og‘ir ma’muriy jazo — uch yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi (o‘tgan davr mobaynida bitta holat aniqlangan).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют