» » “Aloqabank” yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lash xizmatini joriy qildi

“Aloqabank” yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lash xizmatini joriy qildi


AT “Aloqabank” yo‘l harakati qoidalari buzilishi oqibatida kelib chiqadigan jarimalarni to‘lash xizmatini joriy qildi.

Endilikda AlPay foydalanuvchilari yo‘l harakati qoidalari buzilishi oqibatida kelib chiqadigan jarimalarni uydan chiqmagan holda, o‘zlarining mobil telefonlari orqali to‘lashlari mumkin.

Buning uchun “Xizmatlar to‘lovlari” – “Davlat va kommunal to‘lovlari” – “Jarimalarni to‘lash” bo‘limlariga kirish kerak bo‘ladi. So‘ngra pochtadan kelgan qaror raqamini hamda to‘lov summasini kiritasiz. Ma’lumotlar tekshirilganidan keyin (jarima turi, qaror raqami va boshqalar) hamda to‘lov tasdiqlanganidan so‘ng siz jarimaga to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.

To‘lovni bir martadan butunlay yoki qisman, AlPay mobil tizimiga kiritilgan bir nechta plastik kartalar orqali amalga oshirishingiz mumkin (eng kam miqdori 10 000 so‘m).

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (29-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют