» » AQSh mamlakatga 300 mln berishdan bosh tortganidan so‘ng Misr TIV Kushner bilan uchrashuvni bekor qildi

AQSh mamlakatga 300 mln berishdan bosh tortganidan so‘ng Misr TIV Kushner bilan uchrashuvni bekor qildi


Misr tashqi Oq Uyning katta maslahatchisi, AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner bilan belgilangan uchrashuvni bekor qildi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Misr tashqi ishlar vaziri Sameh Shukriy Kushner bilan Qohirada uchrashuv o‘tkazishi va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishi lozim edi. Ammo bu uchrashuv bekor qilingani rasman tasdiqlandi.

Aytilishicha, Misr rasmiylari bunday qaror qabul qilishiga AQSh Misrga moddiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

Muqaddam AQSh Misrga 300 million dollar miqdorida moddiy yordam ko‘rsatishi ma’lum qilingan edi.

Shunga qaramay, mamlakat prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy Kushner boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashishi bilan bog‘liq reja o‘zgarmadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют