» » Sidney aeroportida odamsimon robot yordamchi ishlay boshladi (video)

Sidney aeroportida odamsimon robot yordamchi ishlay boshladi (video)


Sidney xalqaro aeroportida Chip Candroid nomli odamsimon robot sinov tariqasida ishlay boshladi. Bu qurilma aks etgan video Air New Zealand aviakompaniyasining YouTube’dagi kanaliga joylashtirildi.

Robotdan foydalanish 21 avgustdan 25-avgustgacha davom etadi. Chip Candroid ekran bilan jihozlangan. Ekran yordamida yo‘lovchi reysga ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, qurilma sayohatchiga samolyotga chiqish yo‘lagini ko‘rsatadi.

Mazkur loyiha Air New Zealand kompaniyasi tomonidan Avstraliyaning Commonwealth Bank of Australia banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют