» » AQShda jekpoti salkam 759 mln dollarga teng lotereya chiptasi sotildi 

AQShda jekpoti salkam 759 mln dollarga teng lotereya chiptasi sotildi 


AQShda Powerball lotereyasining 758,8 million dollarga teng yutuqli chiptasi Uotertaun shahrida (Massachusets shtati) sotildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Tashkilotchilarga ko‘ra, bu hozircha noma’lum shaxs AQShda bitta chiptaga chiqqan eng yirik summani yutib olganini anglatadi. Uni qo‘lga kiritish ehtimoli taxminan 292 millionga birni tashkil etdi.

2016-yili rekord darajadagi jekpot miqdori 1,59 milliard dollarni tashkil etdi, biroq o‘shanda yutuq uchta chipta egasi o‘rtasida taqsimlangandi.

Qoidalarga ko‘ra, g‘olib jekpotni 29 yil mobaynida bo‘lib-bo‘lib olishi yoki darrov qo‘lga kiritishi mumkin. Oxirgi holatda yutuq summasi taxminan ikki barobar kamayadi, bunga turli shtatlarda turlicha bo‘lgan soliqlar kiritilmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют