» » Bugun boksda Jahon chempionati start oladi. O‘zbekistonlik 10 bokschining raqiblari ma’lum

Bugun boksda Jahon chempionati start oladi. O‘zbekistonlik 10 bokschining raqiblari ma’lum


Germaniyaning Gamburg shahrida bugun — 25-avgust kuni boks bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Uning hamma vaznida o‘zbekistonlik sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Kecha — 24-avgust kuni janglarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, 10 nafar o‘zbekistonlik bokschidan 2 tasi ishtirokini 1-bosqichdan boshlaydigan bo‘ldi: Jasur Latipov (-52 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg). Qolgan barcha bokschilar avtomatik ravishda mundialga 2-bosqichdan qo‘shiladi.

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Nazar Kurotchin (Ukraina) — Robinson Rodriges (Kosta-Rika)
-52 kg: Jasur Latipov — Yankiel Rivera (Puerto-Riko)
-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Qayrat Eraliyev (Qozog‘iston)/Kristofer Flores (Meksika)
-60 kg: Elnur Abduraimov — Harri Garsayd (Avstraliya)/Karen Tonakanyan (Armaniston)
-64 kg: Iqbol Xoldorov — Matej Polski (Polsha)/Jon Guttyeres (Kolumbiya)
-69 kg: Shahram G‘iyosov — Yevgeniy Barabanov (Ukraina)/Nkumbu Silungve (Zambiya)
-75 kg: Isroil Madrimov — Luis Rodriges (Puerto-Riko)/Aziz Achilov (Turkmaniston)
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Muslim Gajimagomedov (Rossiya)/Jeyson Varela (Kolumbiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov — Jeffri Gonsales (Nikaragua)
+91 kg: Bahodir Jalolov — Kim Larsen (Daniya)/Mbui Karlos (Angola)

O‘zbekistonlik 10 bokschidan 9 nafari Jahon chempionatiga qit’a chempioni sifatida tashrif buyurgan. Ular Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Faqatgina -91 kilogrammda jang qilgan Sanjar Tursunovgina Osiyo chempionatining yarim finaliga yetib bora olmagan va medalsiz qolgan. Shunga qaramay, Tursunov pley-off raundida raqibini yengib, mundial chiptasiga ega chiqqan.

Boks bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqini UzReport telekanali qo‘lga kiritgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют