» » Senatorlar “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi


2017-yil 24-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qiladi O‘zA.

Unda senatorlar “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ko‘rib chiqib, ma’qulladi.

Qonun 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevralda qabul qilingan “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2761-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Senatorlarning fikricha, qabul qilingan qonun hujjatlarini ijrochilarga yetkazish, ularning mazmun-mohiyatini aholi orasida tushuntirish ushbu hujjatlarning so‘zsiz bajarilishi, demakki, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.

Senatorlar ta’kidlaganlaridek, ushbu qonun huquqiy axborot tarqatish sohasidagi u yoki bu munosabatlarni tartibga soluvchi yigirmadan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘zida mujassam etib, bu sohadagi huquqiy boshqaruvning tizimli bo‘lishini ta’minlaydi.

Qonunda zamonaviy xalqaro standartlarni hisobga olgan holda asosiy huquqiy tushunchalar mustahkamlangan bo‘lib, unda davlat organlari, ya’ni vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy axborotni tarqatish sohasidagi vakolatlari belgilangan. Bunda huquqiy axborotni tarqatishni tashkil etish, bu boradagi barcha ishlarni muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ deb O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan.

Qonun bilan huquqiy axborotni tarqatishning aniq tartibi va usullari belgilab berilgan. Xususan, qabul qilingan qonun hujjatlarini rasmiy va norasmiy tarqatma tarzida tarqatish, ularni Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida va davlat organlarining veb-saytlarida joylashtirish tartibi o‘rnatilmoqda.

Qonun bilan davlat organlarida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirilgan holda hisobga olishning majburiy tartibi joriy etilib, uning so‘zsiz ijro etilishi ustidan nazorat tizimi mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Qonunda huquqiy targ‘ibot yuritish huquqiy axborot tarqatishning samarali usullaridan biri sifatida ta’riflangan bo‘lib, uni amalga oshirish shakllari mustahkamlab qo‘yilgan: konferensiya, uchrashuv, seminar, davra suhbatlari va muloqotlar o‘tkazish; qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi tele- va radiodasturlar uyushtirish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida materiallar joylashtirish, sharhlar, risolalar, plakatlar, bukletlar tarqatish shular jumlasidandir.

Senatorlarning fikricha, ushbu qonunni davlat organlari va tashkilotlari, ijrochilar, har bir mahalla, kutubxona va ta’lim muassasasiga imkon qadar tezroq yetkazish muhim vazifadir. Zero, qonunga muvofiq bu maskanlarda mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun huquqiy axborotdan erkin foydalanish imkoniyati ta’minlanishi shart. Qonun bo‘yicha so‘zga chiqqan senatorlar uning ijro etilishi ustidan samarali davlat va jamoat nazoratini amalga oshirish ham muhim vazifa ekanligini ta’kidladilar. Bu aholining huquqiy savodxonligi, huquqiy madaniyatini oshirish, mamlakatimizda qonuniylik, ijro intizomini ta’minlashning muhim omiliga aylanishi lozim. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют