» » IIBB keksa fuqarolarni begona shaxslarni xonadonga kiritmaslik haqida ogohlantirdi

IIBB keksa fuqarolarni begona shaxslarni xonadonga kiritmaslik haqida ogohlantirdi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkent shahri hududida so‘nggi vaqtlarda yoshi katta va keksa fuqarolarga nisbatan sodir etilayotgan o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlari ko‘payganligi yuzasidan xavotir bildirdi, deb yozadi “Gazeta.uz” IIBB rasmiy saytiga tayanib.

Bunday jinoyatlar yoshi katta va keksa fuqarolarni aldash va ishonchini suiiste’mol qilish orqali, turli bahona va moddiy manfaatlarni va’da qilib (suv ichib olish, yirik kupyuradagi pullarni maydasiga almashtirib olish, hojatini chiqarib olish yoki telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib olish), ularning xonadoniga kirib, moddiy qimmatliklarni yashirin ravishda olib chiqib ketayotganligi aniqlangan, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yuqoridagilarni inobatga olgan holda yoshi katta va keksa fuqarolarga begona shaxslarni xonadonga umuman qo‘ymaslik, turli nayrang, aldov va taklif etilayotgan moddiy manfaatlarga ishonmaslikni keng ommaga tushuntirish ishlari olib borish maqsadga muvofiq.

Shu turdagi jinoyatlarni sodir etishda, voqea joyi yaqinida joylashgan videokuzatuv kamerasiga tushgan quyidagi shaxslar gumonlanmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarni ko‘rgan yoki ular to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagi telefon raqamlariga xabar berishi lozim:

 102; 233-49-46; 232-05-62; 230-05-30; 256-72-13.

 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют