» » Prezident farmoni bilan bir qator o‘zbekistonliklar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezident farmoni bilan bir qator o‘zbekistonliklar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon matnini “O‘zbekiston 24” telekanali sayti keltirdi.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”

Gafurov Ibragim Usmanovich- O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”

Nazarov Baxtiyar – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim

Negmatov Soyibjon Sodiqovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”

Umirov Chori – Mehnat faxriysi, baxshi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”

Sadikov Marat Fayziyevich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”

Kadirov Rauf Gafurovich – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Musiqiy pedagogika kafedrasi professori, musiqashunos

Sattarov Zafar Raxmonovich – Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi bolalar-o‘smirlar sport maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiyi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”

Madjnunova Rislik Tadjibayevna – “Namangan haqiqati” gazetasi bo‘lim mudiri

Nizayev Timur Tedjiyevich – “Pravda Vostoka” gazetasi bo‘lim mudiri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”

Genjemuratov Baxtiyar Allambergenovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Ziyaxanov Xurshid Djavidovich – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti katta o‘qituvchisi, grafik rassom

Ismailova Jannat Hamidovna – O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori

Lyashko Anatoliy Alekseyevich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbeksiton davlat akademik katta teatri bo‘lim boshlig‘i

Sapayev Sadaddin Mambetovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tuman madaniyat bo‘limiga qarashli “Bo‘ston” ashula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”

Karimova Saodat Naimovna – Qashqadaryo viloyati, Kasbi tuman tibbiyot birlashmasi chaqaloqlar bo‘limi neonatolog shifokori

Omarbayeva Sharigul – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tuman tibbiyot birlashmasi neonatolog shifokori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”

Berdiyev Ruzikul Sadullayevich – Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Djangabayev Rustam Kamiljan o‘g‘li – Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Do‘smurotov Sardorbek Mahmadiyor o‘g‘li – Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”

Baymanova Tamara Alliyarovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi 31-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

Chusovitina Oksana Aleksandrovna – Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Zaxidov Romen Abdullayevich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi

Iskandarov Sadulla – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi

Salaxitdinov Maxmud O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Matematika instituti bo‘lim mudiri

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Azimov Djalaliddin Azimovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya instituti bosh ilmiy xodimi

Azimova Gulchexra Sarvarovna – Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi huzuridagi xoreografiya kollejining mumtoz raqs fani o‘qituvchisi

Akbarov Xamidulla Ilyasovich – O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti Televideniye va radioeshittirish kafedrasi professori

Aripova Salimaxon Fazilovna – O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti bosh ilmiy xodimi

Asadov Damin Abduraximovich – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Sog‘liqni saqlashni tashkil qilish, moliyalashtirish va boshqarish kafedrasi mudiri, professor

Axmedov Ismoiljon Mamasidiqovich – Andijon olimpiya zaxiralari kollejining gandbol bo‘yicha murabbiyi

Gospodarchuk Yuriy Mixaylovich – Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi

Ismailova O‘gulxon Xakimovna – Andijon viloyati Asaka tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi vrachi

Isoyev Narxon Kichikovich – Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-Qorako‘l akademik litseyining kimyo fani o‘qituvchisi

Mannanov Abduraxim Mutalovich – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori

Mirzayev Mirpolat – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Razzakov Shakir – Xorazm viloyati Bog‘ot tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi

Raxmanberdiyev Gappar – Toshkent kimyo-texnologiya institutining Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasi professori

Sadriddinov Azmiddin Sadriddinovich – Toshkent davlat texnika universiteti yer usti transport tizimlari kafedrasi professori

Salimov Oqil Umurzoqovich – Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi rahbari

Tursunbayev Kamil Jumayevich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbektelefilm” studiyasi bo‘lim boshlig‘i

Urmanova Flyura Faridovna – Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi mudiri

Xamidov Xojiakbar – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori

Xodjanov Muratbay Turdыmuratovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston telekanali rejissyori

Sharipova Napisa Agzamovna – Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi “Muruvvat” nogiron ayollar internat uyi direktori

Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Toshkent davlat texnika universiteti professori

Ergashev Yusufdjan Yakubjanovich – “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi chop etish sexining 6-razryadli chop etuvchisi

Ergasheva Mastura Yax’yoyevna – Buxoro viloyati Bolalar uyi katta hamshirasi

Hobilov Tohir Abdumalikovich (Tohir Malik) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi

Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan katta hissasi hamda yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Avazov Isroil Turdimurodovich – Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limi mudiri

Lyubchich Adelina Semyonovna – Respublika perinatal markazi direktori

Mamajonov Tursunali – Farg‘ona tuman “Vodil chinori” xalq dorbozlari jamoasi badiiy rahbari

“Do‘stlik” ordeni bilan

Abduraximova Ma’muraxon Tuxtasinovna- “Farg‘ona haqiqati” gazetasi adabiyot va san’at bo‘limi mudiri

Alimova Halimaxon – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professori

Asilov Asad Nasirovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

A’zamov Quddus A’zamovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali “Yangi jamiyat” studiyasi bosh muharriri

Babayeva Zebo Tuxtayevna – O‘zbekiston milliy axborot agentligi tarjima tahririyati tarjimoni

Bo‘tayeva Farida Kuziyevna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Golovanov Vladimir Ivanovich – Toshkent hayvonot bog‘i ilmiy xodimi

Gulyamov Israil Djurayevich- “Istiqlol” san’at saroyi direktori

Jumayev Akmal Mengliyevich – Respublika ixtisoslashgan kardiologiya markazi Qarshi filiali reabilitatsiya bo‘limi boshlig‘i

Jo‘rayeva Sanobarxon Rahmonovna – Andijon viloyati Asaka tumani madaniyat bo‘limi qoshidagi ansambl xonandasi

Zaxidova Mashkura Isamitdinova- “Narodnoye slovo” gazetasi tarjimoni

Israilov Tadjibay Gulamovich – Teatr arboblari uyushmasi a’zosi, rejissyor

Kaliyeva Dilfuza Taylakovna – O‘zbekiston qozoq milliy madaniyat markazi yetakchi xodimi

Kan Aylita Anatolevna – Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi reanimatsiya bo‘limi mudiri

Karayeva Rahobza Xursandovna – Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

Karimov Abdukaxar Abdusamatovich – “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati ovoz operatori

Meliboyev Axmadjon – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, publitsist

Mirzayev Ravshan Sharipovich – Surxondaryo viloyati “So‘fi Olloyor” jamg‘armasi raisi

Mirzamaxmudov Ismaildjan- O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Muxamedova Ra’no Timurxonovna – Badiiy gimnastika bo‘yicha Respublika olimpiya zaxiralari sport maktabi murabbiyi

Nedorezov Aleksandr Ivanovich – Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi

Nikitina Lyubov Nikolayevna – Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limi mudiri

Paxomov Georgiy Lvovich – Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi dotsenti

Paluaniyazova Ulmeken Joldasbayevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston radiokanali bosh muharriri o‘rinbosari

Radjabov Taxir Yunusovich – Pensioner, sozanda

Rizayev Shuhratilla Tursunovich – “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari

Saypiyev Akbar – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali shifokor travmatologi

Samandarov Erkin – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Sergeyev Vyacheslav Alekseyevich – Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi

Sultanova Dina Agayanovna – Mehnat faxriysi, adabiy tarjimon

Tulyaxodjayeva Muxabbat Turabovna – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti San’atshunoslik va madaniyatshunoslik kafedrasi professori

Tursunov Ubaydulla Riksibayevich – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi ofset bosma sexi chop etuvchisi

Xolmatov Niyezali – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom

Xoltadjiyev Abduraxman Akbarovich – O‘zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli sozandasi

Cherkasova Galina Viktorovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi

Xatamov Azamat Kamalovich – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, haykaltarosh

Shayxova Tausifa Valiyevna – Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi shifokor-psixiatri

Egamberdiyev Asilbek Kuzixaydarovich – Sirdaryo viloyati belbog‘li kurash bo‘yicha terma jamoasi katta murabbiyi

Esanov Turkman – Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti dotsenti, haykaltarosh

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan

Abdurasulova Gulchexra Ibragimovna – Farg‘ona viloyati turon yakkakurashi bo‘yicha terma jamoasi murabbiyi

Alxamov Normuxammad – Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi vrach neonatologi

Buriyev Zabardast Tojibayevich – O‘zFA Genomika va bioinformatika markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

G‘aniyeva Zumradxon Yuldashevna – Farg‘ona viloyat “Muruvvat” nogiron bolalar internat uyi o‘qituvchisi

Geydelbax Galina Pavlovna – “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati pardozchi-rassomi

Gulamov Shavkat Murtazoyevich – Respublika “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi a’zosi, kandakor usta

Davletmuratova Gulnara Begdullayevna- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Taxtako‘pir tongi” gazetasi muharriri

Dadajanova Charosxon Giyosovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali Ilmiy-ma’rifiy dasturlar muharririyati bosh muharriri o‘rinbosari

Jalilov Akmaljon Olimovich – Namangan viloyat kardiologiya markazi intervension kardiologiya bo‘limi mudiri

Ibragimova Gulnoz Urakovna – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz texnologiya kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi

Ishankulova Gulzira Samikovna – Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Muruvvat” nogiron erkaklar internat uyi tibbiyot hamshirasi

Ishanxanova Maksuda Shakirovna – “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi yetakchi korrektori

Karimnazarova Saodat Ismailovna – Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi

Kuranbayeva Altinpashsha Xojayazovna – Xorazm viloyat Bog‘ot tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologi

Mavlanova Muxayaxan Avazovna – Toshkent viloyati Angren kimyo sanoati kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi

Mamedova Dilorom Raxmatdjanovna – O‘zbekiston davlat san’at muzeyi ilmiy xodimi, rangtasvirchi rassom

Mirzayeva Maxbuba Sultonovna – Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filiali dispanseri hamshirasi

Mirmuxamedova Aziza Xabibullayevna – Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neonatologiya bo‘limi mudiri

Murtazakulov Maxkam- Jizzax san’at kolleji o‘qituvchisi

Nabiyeva Surayyo Sayfullayevna- “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tahririyat bo‘limi texnik muharriri

Najimiddinov Tair Shaxabiddinovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Toshkent telemarkazi tasvirga olish guruhi smena boshlig‘i

Nizametdinov Najmiddin Gulamovich- O‘zFA Davlat adabiyot muzeyi yetakchi ilmiy xodimi

Raxmanov Temirqul Tangriyevich – Surxondaryo viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi jarohat oqibatlari va ortopediya bo‘limi boshlig‘i

Sabirov Omonbay Atabayevich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali reanimatsiya bo‘limi mudiri

Sadikova Nasiba Amanovna – Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati musiqa fani o‘qituvchisi

Salaxodjayev Raufxon Farxodxonovich – Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘qituvchisi

Salimova Maxfuza Xamidovna – “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi a’zosi, usta zardo‘z

Seytmuratov Mateke Muxamatdinovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Nukus teleradiomarkazi ko‘chma texnika vositalari guruhi katta elektromexanigi

Sidikov Utkur – O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi mehnat faxriysi

Siddiqova Feruzaxon Nu’manovna – Andijon viloyat teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari

Sultanova Gulbahor Boltayevna – Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi

Tillyaxodjayeva Suraya Kaxxarovna – R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi jo‘rnavozi

Tojiboyeva Adibaxon G‘apparovna – Namangan viloyati Norin tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi

Tolipov Samat Abdilaxatovich – O‘zFA Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi

Tursunkulov Eshkul Azimovich – Samrqand viloyati Jomboy tumani Ko‘kgumbaz madaniyat va aholi dam olish markazi to‘garak rahbari

To‘rayev Shavkat Nishonovich – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi

Ulmasova Musavvar Djamalovna – Respublika dizayn kolleji katta o‘qituvchisi, rangtasvirchi rassom

Urazbayev Darmenbek Turdibekovich – “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari

Urmonova Toshxon Ibragimovna – Farg‘ona viloyati Marg‘ilon pedagogika kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Urokov A’zam Askarovich – Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi direktori

Xamidov Ixtiyor Murtazoyevich – Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi anestiziologiya-reanimatsiya bo‘limi mudiri

Xikmatova Luiza Anvarovna – Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori

Xolova Tojixol Yarashovna – Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 10-sonli “Shodlik” maktabgacha ta’lim muassasa tarbiyachisi

Hasanova Nasiba Manabovna – Qashqadaryo viloyati Qarshi san’at kolleji o‘qtuvchisi

Hoshimova Oysha Isoyevna – Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 32-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyachisi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют