» » Rossiya harbiylari Suriyada yangi jangari guruh paydo bo‘lganini bildirdi

Rossiya harbiylari Suriyada yangi jangari guruh paydo bo‘lganini bildirdi


Suriyada “Hay’at Tahrir ash-Shom” terrorchi guruhi faoliyatini kengaytirmoqda. Ayni paytda uning tarkibidagi jangarilar soni 25 ming kishiga yetdi. Bu haqda, Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Korobov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.

“Ayni paytda 70 dan ortiq to‘da birlashdi, ular orasida ilgari o‘zini mo‘tadil hisoblagan muxolifat ham bor. ‘Hay’at Tahrir ash-Shom’ guruhining umumiy soni 25 ming kishiga yetdi”, — dedi Korobov “Armiya–2017” forumi doirasidagi davra suhbatida.

Aytilishicha, guruhda asosiy rolni “Jabhat an-Nusra” o‘ynamoqda.

“Ushbu guruh Aleppo, Damashq, Idlib va Xama viloyatlarida hukumat qo‘shinlari, shuningdek, mo‘tadil muxolifatga qarshi faol harbiy harakatlar olib bormoqda”, — qo‘shimcha qildi Korobov.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют