» » Boks. Bugun Jasur Latipov Jahon chempionatidagi debyut jangini o‘tkazadi

Boks. Bugun Jasur Latipov Jahon chempionatidagi debyut jangini o‘tkazadi


Germaniyaning Gamburg shahrida boshlangan boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining ikkinchisi sportchisi bugun — 26-avgust kuni ringga chiqadi.

Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatining -52 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan Jasur Latipovning mundialdagi ilk jangi Toshkent vaqti bilan 22:10 dan keyin bo‘lib o‘tadi. Uning boshlanishi avvalgi janglarning qanday vaqtda tugashiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Jasur Latipovning bugungi raqibi Puerto-Riko vakili Yankiel Rivera bo‘ladi.

Bungacha O‘zbekiston terma jamoasining -91 kilogrammdagi vakili Sanjar Tursunov jang o‘tkazib, raqibini yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

Boks bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlarini o‘zbekistonlik muxlislar uchun UzReport telekanali translyatsiya qilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют