» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Mumbayda o‘z xizmatlarini taqdim etdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Mumbayda o‘z xizmatlarini taqdim etdi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” Hindistonning Mumbay shahrida O‘zbekiston turizm salohiyati taqdimotida aviatashish bo‘yicha xizmatlarini taklif etdi. Bu haqda “Daryo”ga MAK matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mumbayning 100 dan ortiq sayyohlik kompaniyasi ishtirok etgan taqdimotda O‘zbekistonning turizm salohiyati, tarixiy va me’moriy obidalari, tabiati, iqlim sharoitlari, madaniyati va an’analari haqida batafsil ma’lumot berildi.

MAKning Dehlidagi vakili A. Otaboyev mehmonlarni milliy aviatashuvchi, parvozlar yo‘nalishi, havo kemalari aviaparki, mamlakat aeroportlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. Aviakompaniya tomonidan parvozlar xavfsizligini ta’minlash va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’ruza qildi.

Hindiston turizm kompaniyalari vakillari Toshkent va Mumbay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovning ochilishi O‘zbekistonni mahalliy turizm bozoridagi eng xaridorgir yo‘nalishlardan biriga aylantirishiga umid bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют