» » Sudanda muqaddam Donbassda ishlagan amerikalik jurnalist o‘ldirildi

Sudanda muqaddam Donbassda ishlagan amerikalik jurnalist o‘ldirildi


Sudan janubidagi harbiy harakatlar davomida 19 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida amerikalik jurnalist Kristofer Allen ham bor, deb xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.

26 yoshli Kristofer Allen turli axborot agentliklari uchun ishlab kelgan. U 26-avgust kuni Kaya shahridagi og‘ir to‘qnashuvlar chog‘ida halok bo‘lgan.

Allen yana ikki jurnalist bilan birga ikki haftadan buyon isyonchilar yonida edi.

Isyonchilarning hukumat qo‘shinlari bilan to‘qnashuvi chog‘ida 15 nafar isyonchi va uch nafar hukumat askari halok bo‘ldi. Bundan tashqari, isyonchilarning mudofaa marralaridan jurnalistning ham jasadi topildi.

2014-yili Allen Donbassda ishlagan. U Boeing halokati yerida bo‘lgan birinchi jurnalistlardan biri edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-08-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют