» » Rossiya va Mo‘g‘uliston harbiylarining “Selenga-2017” mashg‘ulotlari boshlandi

Rossiya va Mo‘g‘uliston harbiylarining “Selenga-2017” mashg‘ulotlari boshlandi


Rossiya Sharqiy harbiy okrug bo‘linmalarini hamkorlikdagi “Selenga-2017” mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Zuunbayan poligoniga joylashtirish yakuniga yetdi. Bu haqda okrug matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.

“Bo‘linmalar jangovar texnikani tushirib, mo‘g‘ul tomoni oldindan tayyorlab qo‘ygan dala lageriga marshni amalga oshirdi. Mashg‘ulotlarning tantanali ochilishi 28-avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi”, — aniqlik kiritdi matbuot xizmati.

Bu yil mashg‘ulotlar ilk bor Gobi sahrosining murakkab iqlim sharoitlarida o‘tadi. Ikki davlat harbiylari noqonuniy qurolli tuzilmalarni bartaraf etishda hamkorlik bo‘yicha malakalarini oshiradi.

“Selenga-2017” 9-sentabrgacha davom etadi. Unda ikki tomondan 1000 dan ortiq harbiy ishtirok etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-08-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют