» » Andijon shahrida yangi — Mangulik ko‘chasi ochildi

Andijon shahrida yangi — Mangulik ko‘chasi ochildi


Andijon viloyati aholisi Mustaqillikning 26 yilligini katta tantanalar bilan kutib olmoqda. Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida Andijon shahrining Boburshoh va Irgash Ashurov ko‘chalarini bog‘lovchi Mangulik ko‘chasi ochildi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.

Unda viloyat hokimi Shuxratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Barchani mustaqillik shodiyonasi bilan qutlab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining ko‘lami yanada kengayishi va bu xalqning nurli kelajagini ta’minlashini aytib o‘tdi. Shuningdek, bayram arafasida viloyatda 126 ta katta-kichik obyekt foydalanishga topshirilishini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Tantana davomida mazkur ko‘cha qurilishini amalga oshirigan “Samandar shijoati” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishchilariga minnatdorlik bildrildi, deyiladi “Andijonnoma” gazetasida.

Tadbirda Andijon san’at kollejining orkestr jamoasi va iste’dodli yosh san’atkorlar kuy va qo‘shiqlari bilan barchani davraga chorladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют