» » Shavkat Mirziyoyev: Kimki o‘z armiyasini boqishni istamasa, boshqalarning armiyasini boqadi

Shavkat Mirziyoyev: Kimki o‘z armiyasini boqishni istamasa, boshqalarning armiyasini boqadi


Samarqand shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahari hokimlari hududlarda mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Prezident harbiy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oliy harbiy bilim yurtlariga yoshlarni tayyorlash tizimini tubdan yangilash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Bilimli, salohiyatli harbiy kadrlar tayyorlashni quyidan boshlashimiz kerak. Buning uchun 29 akademik litsey faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu litseylar boshqa litseylardan tubdan farq qilishi lozim. Bu yerda yoshlarni dunyoqarashi keng, jismonan baquvvat, aqlan yetuk insonlar etib tarbiyalash lozim. Bu soha uchun mablag‘ ayamaymiz. Kimki o‘z armiyasini boqishni istamasa, boshqalarning armiyasini boqadi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Vatan himoyachilari kunini nishonlash tartibini qayta ko‘rib chiqish, bunda an’anaviylikdan qochish, uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-08-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют