» » Qirg‘izistonning Chuy viloyatida terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiya yakunlandi

Qirg‘izistonning Chuy viloyatida terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiya yakunlandi


Qirg‘iziston shimolidagi Chuy viloyatida terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazildi, deb yozadi “TASS” Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Rohat Sulaymonovga tayanib.

“Jayil tumanidagi maxsus operatsiya yakunlandi”, — dedi u. Sulaymonov hozircha operatsiya chog‘ida yo‘q qilingan terrorchilik tashkiloti a’zolari sonini aytishdan bosh tortmoqda. “Bu ishning barcha tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi”, — dedi u. Shu bilan birga, u mahalliy OAVlarning operatsiyalarni o‘tkazish vaqtida maxsus bo‘linmalar jangchilari halok bo‘lgani haqidagi xabarlarini tasdiqlamadi.

Avvalroq qurolli jinoyatchilar guruhi patrul militsiyasi xodimlari talablarini bajarmagani va ularga qurol bilan tahdid qilgani sababli Bishkekda va unga yondosh Chuy viloyatida “Tutish” rejasi e’lon qilingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют